Shu yilning 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Tezkor. Samarqand yo`llarida sher bolasini topib olishibdi. Sher bolasi hozircha kimga tegishli ekanligi noma`lumligi aytilmoqda” nomli video tarqalgandi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining xabar berishicha, sher bolasi veterinariya va xavfsizlik talablariga to`liq rioya qilingan holda Toshkent hayvonot bog`iga topshirildi.
1 yoshda deb taxmin qilinayotgan sher bolasining ahvoli yaxshi bo`lib, bog` xodimlari tomonidan parvarish qilinmoqda.






