Epizotik kasalliklar mavjud emasligi to`g`risida ijobiy xulosa berish evaziga pora talab qilgan Toshkent viloyati “SES” bo`lim mudirlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi bo`lim mudiri X.F. “X.D.” xususiy korxonasiga qarashli O`rtachirchiq tumanida joylashgan er maydonidan olingan namunalar bo`yicha epizotik kasalliklar mavjud emasligi to`g`risidagi xulosani ijobiy hal qilib berish evaziga 800 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, boshqarmaning yuqumli kasalliklarga xulosa berishga mas`ul bo`limi mudiri R.X. X.F.dan 400 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan X.F. va R.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






