1

Namanganda andijonlik 2 yigit 17 millionlik telefonlarni o`g`irladi

Jinoyat 29.03.2021, 18:45
Namanganda andijonlik 2 yigit 17 millionlik telefonlarni o`g`irladi

Namanganda 16 yoshli yigitlar 17 million so`mlik telefonlarni o`mardi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabar qilinishicha, jinoyat 27 mart kuni viloyat hududida  tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida aniqlangan.

13 mart kuni soat 21:30 dan 14 mart kuni soat 07:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida, Norin tumanida yashovchi, yakka tartibdagi tadbirkorning telefon aksessuarlari do`koniga kirish eshigi oynasini sindirish yo`li bilan ochib kirilgan.

O`g`rilar do`kondagi narxi 17.000.000 so`mlik turli-xil rusumdagi 17 dona uyali telefon apparatlarini o`g`irlab ketgan. Tekshiruv ishlari davomida jinoyatchilar Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 2 nafar 16 yoshli yigitlar ekanligi aniqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1