Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o`quvchisi Charosxon O`ktamboeva Amerika Qo`shma Shtatlarining bir nechta universitetlariga o`qishga qabul qilindi. Bu haqda "Yangi O'zbekiston — LIVE" ma`lum qildi.
Shuningdek, u "UMBC Scholarship Committee" ning Retriever Academic Award mukofoti sovrindori bo`lib, umumiy hisobda 48 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo`lga kiritdi.