Angren shahrida Qozog`istonning “Astana diplomatik klubi” OO delegasiyasi ishbilarmon doira vakillari hamda Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Investisiya va tashqi savdo boshqarmasi, viloyat Turizm Departamenti mutasaddilari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.



Uchrashuvdan ko`zlangan asosiy maqsad - Toshkent viloyati hududida Qozog`iston va O`zbekiston davlatlari o`rtasidagi o`zaro hurmat, do`stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, yirik investisiya loyihalari, shuningdek, savdo iqtisodiy sohalarda samarali hamkorlik aloqalarini olib borishdan iborat.


Tadbir doirasida Qozog`istonning etakchi investorlari va blogerlari Angren Erkin iqtisodiy zonasi loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Lux Granit” sanoat korxonasida bo`ldilar va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.






