1

Bekobodda 22 yoshli qizni g‘ayritabiiy yo‘l bilan zo‘rlab, samosud qilgan yigit qo‘lga olindi

Jinoyat 29.03.2021, 20:28
Bekobodda 22 yoshli qizni g‘ayritabiiy yo‘l bilan zo‘rlab, samosud qilgan yigit qo‘lga olindi

28 mart kuni ijtimoiy tarmoqda «Bekobodda 50 ming so`m pulini o`g`irlagani uchun jazolandi» izohi bilan video xabar tarqatilib, keng muhokamaga sabab bo`ldi.

Ushbu holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan o`rganilib, qonuniy chora ko`rilishi ta`minlandi.

Tafsilotga ko`ra, voqea aslida 2021 yil 13 mart kuni Bekobod shahrida sodir bo`lgan. «Xos» JXda yashovchi 1995 yilda tug`ilgan B.X. o`ziga oldindan tanish bo`lgan 1999 yilda tug`ilgan F.X. ning xonadoniga mast holda borgan va u erda fuqaro F.X.ni har xil so`zlar bilan haqorat qilib, urib, g`ayritabiiy yo`l bilan jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qilgan. Ushbu jarayonda voqea video tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.

Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasining 28 mart kunidagi tibbiy ma`lumotnomasiga ko`ra, fuqaro F.X. ning chap qo`l elka sohasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Bekobod shahar IIB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1