AsosiyJamiyat

Bu haftada qanday ob-havo kuzatiladi? O`zgidromet ma`lumot berdi

'Bu haftada qanday ob-havo kuzatiladi? O`zgidromet ma`lumot berdi'ning rasmi

Dam olish kunlari yog`gan kuchli yomg`irlar bugun, 29 mart kuni ertalab O`zbekiston hududidan chekindi. Ko`pchilik viloyatlarda bugungi kunni o`zida yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatilmoqda. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysining ayrim joylarida bir oz yomg`ir yog`ib o`tadi.

Faqat Farg`ona vodiysining ba`zi hududlarida shamolning tezligi 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.Kunduzi havo harorati 6-11° iliq atrofida bo`ladi.

Keyingi kunlarda respublika chekka shimoliy hududlariga Qozog`iston hududidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massalari kira boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar