AsosiyJamiyat

Bugun faqat ikki viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun faqat ikki viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysida beqaror ob-havo saqlanib qoladi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo ozgarib turadi, ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11°iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqori bo`lgan hududlarida qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq- 3° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar