Yangihayot tumani hokimligi “Do`stlik” va “Charog`on” mahallalarida yangi tarmoqqa o`tish uchun ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ichimlik suvi vaqtincha to`xtatilishi haqida ma`lum qildi.
Unga ko`ra, ushbu mahallalarda joylashgan 1-ko`p qavatli uydan 13-ko`p qavatli uygacha, shuningdek, “Montessori ta`lim” xususiy MTTda va “Turizm va biznes kasb-hunar” kollejida 30 mart soat 9:00 dan 22:00 ga qadar suv ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Vaqtincha ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi
Shuningdek, Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek ko`chasi 91-uy orqa tomonidagi ichimlik suv tarmog`i yopqichini almashtirilish ishlari olib boriladi. Shu munsabat quyida keltirilgan manzillarda 30 mart soat: 10:00 dan 23:00 ga qadar suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
- Mirzo Ulug`bek ko`chasi
Ko`p qavatli 89, 90, 91 - uylar
- Yalang`och mavzesi
Ko`p qavatli 12, 13, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 30 - uylar






