AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Antimonopoliya qo`mitasiga rais bo`ldi

'Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Antimonopoliya qo`mitasiga rais bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari vazifasida ishlab kelgan Shaxrux Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda. 

Ma`lumot o`rnida:

Shaxrux Sharaxmetov 1977 yilda  tug`ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisod, moliya va investisiyalar mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

O`z faoliyatini Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi Qimmatli qog`ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi etakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan Sh.Sharaxmetov turli yillarda Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi kabi nufuzli tashkilotlarda mas`ul lavozimlarda mehnat qildi. Sh.Sharaxmetov Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari etib tayinlanishidan avval Moliya vaziri o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o`tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining avvalgi raisi Sharipov Najmiddinxodja Toshkent viloyati hokimiga o`rinbosar bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar