1

Andijonda 594 gramm “gashish”ni oyoq kiyimga yashirib o`tmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Jinoyat 30.03.2021, 11:06
Andijonda 594 gramm “gashish”ni oyoq kiyimga yashirib o`tmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

 Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining bizga bergan ma`lumotiga ko`ra, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro X.R.ning oyog`iga kiyib olgan qora rangli krossovkasi og`irligi hamda tag qismi qalinligi bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning oyoq kiyimlari ichida 4 dona polietilen paketlarga o`ralgan, vazni 594,05 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1