AsosiyJamiyat

Parlament axborot markazi tashkil etildi

'Parlament axborot markazi tashkil etildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash maqsadida Qonunchilik palatasi qoshida Parlament axborot markazi tashkil etildi.

Parlament axborot markazining maqsad va vazifalari keng jamoatchilik tomonidan kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida shakllantirildi.

Markaz Parlamentda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi keng qatlamiga etkazish, deputatlarning jamoatchilik bilan o`zaro aloqalarini zamonaviy media texnologiyalarini qo`llagan holda yangi bosqichga olib chiqish va ijtimoiy tarmoqlarda faolligini ta`minlash kabi maqsad-vazifalarni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar