Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyat prokuraturasi xodimining prokuraturaga najot istab kelgan fuqarolarni "yo`qotish" haqida topshiriq berganligi audiosi tarqalgan edi.
Viloyat prokuraturasining rasmiy bayonotiga ko`ra, ushbu audoyozuvda viloyat prokuraturasi binosiga biriktirilgan qo`riqlash xizmati xodimlarining o`zaro suhbati qayd qilingan bo`lib, ushbu jarayonda prokuratura xodimlari ishtirok etmagan.
Ma`lum qilinishicha, hozirda Milliy gvardiya Farg`ona viloyati Qo`riqlash boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.
Shu o`rinda, Farg`ona viloyat prokuraturasida fuqarolarning qabuli O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida” Qonuni talablari asosida yo`lga qo`yilganligi ma`lum qilingan.






