Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida YPX xodimi F.Sayxamatov tomonidan haydovchi O.Mashrapov boshqaruvidagi avtomobil to`xtatilgani, xodim haydovchiga qoidabuzarlik sodir etganligini aytgani, lekin, haydovchiga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan yo`lida davom etishiga ruxsat berganligi holati aks etgan
Ushbu video yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilgan. Tekshiruv xulosasiga ko`ra, xizmati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi F.Sayxamatovga hamda qo`l ostidagi xodimlar ustida kunlik va idoraviy nazoratni etarli darajada olib bormaganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB maxsus divizion komandiri Dj.Mo`minovga "Hayfsan" intizomiy jazosi qo`llanilishi bo`yicha xulosa qabul qilindi.