Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi fuqaroni so`kib haqorat qildi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Ma`lum bo`lishicha, holat 2020 yilning 4 iyul kuni Jizzax viloyatida sodir bo`lgan. Jizzax viloyati IIB tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablarini buzilganligi aniqlangan. Viloyat IIB YHXB YPX xodimi Sh.Murodovga nisbatan “Lavozim maoshining 50% miqdorida jarima” jazosi e`lon qilingan.






