AsosiyJamiyat

Samarqandlik fuqaro o`z xoxishi bilan “marixuana”ni topshirdi

'Samarqandlik fuqaro o`z xoxishi bilan “marixuana”ni topshirdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro o`z xoxishi bilan “marixuana”ni topshirdi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabar berilishicha, 16 mart kuni soat 10:00 larda Urgut tumani “Saritepa” mahallasida yashovchi fuqaro A.Rning yashash uyiga borilganda, ushbu fuqaro o`z xoxishiga ko`ra yashash uyi og`ilxonasidan ikki dona qora rangli sellofan paketlarga o`ralgan yashil rangli, o`tkir hidli, quruq holdagi “marixuana” giyohvandlik moddasiga o`xshash moddalarni taqdim qilgan va ular xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Samarqand viloyati IIB EKBning xulosasiga ko`ra, A.Rdan daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan o`simlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo`lib, ushbu moddalar “marixuana” giyohvand moddasi turiga kirishligi va umumiy sof og`irligi 130,7 grammni tashkil qilishligi ko`rsatilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar