AsosiyJamiyat

Otabek Shukurov o`z hisobidan 150 o`rinli nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotini ochdi

'Otabek Shukurov o`z hisobidan 150 o`rinli nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotini ochdi'ning rasmi

Qarshi shahrida "Cheerful kids" deb nomlangan nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti o`z faoliyatini boshladi.

Bugun Qarshi shahrida futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Otabek Shukurovning shaxsiy mablag`lari hisobiga qurilgan "Cheerful kids" deb nomlangan nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti ochildi. BAAning "Sharja" klubi o`yinchisi mazkur inshootni qurish uchun 500 ming AQSh dollari miqdorida investisiya kiritdi.

Nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotining ochilish marosimida Qarshi shahar hokimi Normo`min Xolboev ham ishtirok etdi.

Ta`kidlash kerak, bog`chada barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, alohida ovqatlanish xonasi, sport zal va yozgi futbol maydonchasi ham tashkil etilgan. Bir so`z bilan aytganda, bu erda bolajonlar kichik yoshligidan sportga oshno bo`lib ulg`ayishlari uchun barcha imkoniyatlar muhayyo qilingan.

    Boshqa yangiliklar