AsosiyJamiyat

Bugun kunning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yana yomg`ir yog`adi

'Bugun kunning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yana yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 31 martda kunduz kuni respublika hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va kechga tomon Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliq atrofida bo`lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo 10-12° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Harorat kunduz kuni 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar