23 mart kuni fuqaro A.Z. Uchko`prik tumani YHXG inspektori R.Sh.ga murojaat qilib, o`zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini mast holatda boshqarganligi uchun rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnomani sudga yubormaslik va o`zining foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, IJQKD Uchko`prik tumani bo`limi hamda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.Z. Uchko`prik tumani YHXG inspektori R.Sh.ga tuman YHXG ma`muriy binosida 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchko`prik tumani prokuraturasiga yuborildi.






