AsosiyJamiyat

“Ko`prikqurilish tresti” ishchilari ish haqi miqdori kamligidan norozi bo`lishmoqda

'“Ko`prikqurilish tresti” ishchilari ish haqi miqdori kamligidan norozi bo`lishmoqda'ning rasmi

2021 yil 29 mart kuni “Ko`prikqurilish tresti” UK 13-Ko`prikqurilish otryadida faoliyat ko`rsatayotgan bir guruh ishchilarning ish haqi miqdori kamligidan norozi bo`lib qilgan murojaatlariga “Ko`prikqurilish tresti” UK izoh berdi.

"Joriy yil 27 mart kuni mazkur korxona ishchilariga fevral oyi ish haqining 50 foizi plastik kartalarga o`tkazib berilgan, oylik hisoblangan ma`lumotnomalarini (koreshok) olishgan va hisoblangan ish haqini kam deb bilishgan. Aslida, oylik ish haqi ishchi va ma`muriyat orasida tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan tarif asosida hisoblangan va korxona imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo`shimcha mukofot ham berilgan. Demak, ishchilar o`z arizalari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasidagi tarif razryadlari bo`yicha belgilangan miqdordan kam ish xaqi olmaganlar.  

Joriy yil 27 mart kuni mazkur korxona ishchilariga fevral oyi ish haqining 50 foizi plastik kartalarga o`tkazib berilgan, oylik hisoblangan ma`lumotnomalarini (koreshok) olishgan va hisoblangan ish haqini kam deb bilishgan. Aslida, oylik ish haqi ishchi va ma`muriyat orasida tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan tarif asosida hisoblangan va korxona imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo`shimcha mukofot ham berilgan. Demak, ishchilar o`z arizalari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasidagi tarif razryadlari bo`yicha belgilangan miqdordan kam ish xaqi olmaganlar.  

Eslatib o`tamiz, fevral oyi qisqa, ya`ni 28 kun bo`lgani sababli 2-vaxta 13 kundan iborat bo`lgan (16-28 fevral kunlari) va shu kunlarga nisbatan ish soatlari hisoblangan. Norozilik bildirgan ishchilardan biri  o`z hisobidan ta`til olgani sababli oylik maoshi kamroq hisoblangan.

Hurmatli quruvchilar, “Ko`prikqurilish tresti” UK rahbariyati ishchi xodimlarni doimiy ravishda ish bilan ta`minlash, oylik maoshlarini o`z  vaqtida berib borish, ish hajmining oshishiga qarab, ishchi-xodimlarni qo`shimcha rag`batlantirib, mukofot pullarini berib borish borasida muntazam ish olib bormoqda. Asosiy maqsad, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ko`paytirib, ishchi xodimlarning turmush farovonligini  oshirish, shuningdek, xalqqa qulaylik yaratadigan ulkan loyihalarni o`z vaqtida foydalanishga topshirishdan iboratdir.

“Ko`prikqurilish tresti” UK rahbariyati yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun barcha ishchi xodimlardan uzr so`raydi" deyiladi murojaatda.

 

 

    Boshqa yangiliklar