AsosiyJamiyat

Namanganda ayol o`zi va ikki farzandini daryoga tashlashga urindi

'Namanganda ayol o`zi va ikki farzandini daryoga tashlashga urindi'ning rasmi

Joriy yilning 28 mart kuni soat 09.30larda Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida  yashovchi 1979 yilda tug`ilgan fuqaro A.Sh. ikki nafar (6 va 3 yoshdagi) farzandlarini Mingbuloq tumanidan oqib o`tuvchi “Sirdaryo” daryosi ustida joylashgan ko`prikdan tashlamoqchi bo`ldi. Bu haqda Milliy gvardiya Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, ayol ushbu hududda xizmat o`tayotgan Qo`riqlash boshqarmasi 2-Alohida otryad  xodimlari tomonidan to`xtatib qolingan.

Holat yuzasidan, To`raqo`rg`on tuman IIB, tuman hokimiyat vakillari va oila a`zolariga xabar berilgan. Hozirda tuman IIB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar