AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan talabalar haqida ma`lumotlar berkilayotgani aytilmoqda. Asl vaziyat qanday?

'Koronavirusga chalingan talabalar haqida ma`lumotlar berkilayotgani aytilmoqda. Asl vaziyat qanday?'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva SOVID-19 bilan bog`liq aholi savollariga javob qaytardi.

Tarmoqlarda oliy ta`lim muassasalarida koronavirusga chalingan talabalar uchrayotgani, ammo bu haqida ma`lumot oshkor qilmayotgani aytilmoqda. Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida vaziyat qanday?

— Har bir Oliy ta`lim muassasalarida kasallikni erta tashxislash va birinchi yordam ko`rsatish hamda davolash uchun maxsus izolyatorlar va bloklar shakllantirilgan. Talabalarni ta`lim olish jarayonlarida maxsus filtrlar, tana haroratini o`lchash, antiseptik vositalar bilan qo`llarni ishlov berish, niqoblarni taqish va masofani saqlash bo`yicha doimiy nazorat olib boriladi. Buning uchun, Oliy ta`lim muassalarida maxsus tibbiyot xodimlari biriktirilgan.

 Bugungi kundagi holat haqidagi ma`lumotlar oshkora, hozirda bir necha oliy ta`lim muassasalari  2 haftalik onlayn o`qish jarayoniga o`tishayotgani to`g`risida OAVlarda doimiy ma`lumotlar yoritilib borilmoqda. Ya`ni har bir OTMlarda koronavirusdan himoyalanish bo`yicha karantin qoidalari va tadbirlarini doimiy ravishda nazorati olib borilmoqda. Keyinchalik ham biror yangi holat aniqlansa, OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda aniq yoritilib boriladi, deya izoh berdi mas`ul. 

    Boshqa yangiliklar