Buxoro shahrida “Hyatt Regency” brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona 2021 yilning IV choragida o`z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Buxoro viloyat turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati xabar berdi.
Loyiha tashabbuskori “Metric Ventures” MChJ bo`lib, umumiy qiymati 14 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Mehmonxona, 224 ta xona va 450 ta o`rindan iborat.
Mehmonxona jami 7 qavatdan iborat bo`lib, hozirda 7 ta qavatining barchasi qurib bitkazilgan. Ayni vaqtda bu erda xonalarga bo`lish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma`lumut o`rnida: Bugun 31 mart Toshkentda Metric Ventures MChJ va Hyatt International brendi o`rtasida shartnoma imzolash marosimi o`tkazilmoqda. Unda Metric Ventures MChJ tomonidan qurilayotgan zamonaviy 5 yulduzli mehmonxonaning “Hyatt Regency” brendi ostida faoliyat yuritilishi borasida shartnoma imzolanadi.






