Mirzacho`l tumanida davriy nashrlar obunasi uchun o`tkazilgan pul mablag`lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Mirzacho`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Xalq ta`limi bo`limi va “H.Y.” MChJ mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, jamiyat hisob-raqamiga 2020-2021 yillardagi davriy nashrlarga obuna bo`lish uchun o`tkazilgan 192 mln so`mni tahririyatlarga o`tkazmasdan, rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






