AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`quvchilarning ota-onalari yoki vasiylari farzandlarining ta`lim olish sharoitlarini o`rganuvchi uy so`rovnomasini to`ldirishadi

'O`zbekistonda o`quvchilarning ota-onalari yoki vasiylari farzandlarining ta`lim olish sharoitlarini o`rganuvchi uy so`rovnomasini to`ldirishadi'ning rasmi

Bugun, 31 mart kuni AOKAda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan brifingda o`quvchilar savodxonligini baholash bo`yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti qanday o`tkazilishi yuzasidan tushuntirish berildi. Unga ko`ra:

«Hozirda Inspeksiya huzuridagi Ta`lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o`tkaziladigan jarayonlar uchun barcha tadqiqot materiallari: baholash daftarlari va so`rovnomalar tegishli tillarga moslashtirilgan holda tarjima qilinib, xalqaro verifikasiyadan o`tkazilgan.

PIRLS asosiy tadqiqoti qog`oz shaklida o`tkaziladi va unda 4-sinf o`quvchilari matnni o`qib tushunish darajalarini baholovchi test topshiriqlarini bajarishadi hamda ta`limga qiziqishlari, uy va maktab sharoitlari to`g`risidagi shaxsiy fikrlarini namoyon etuvchi o`quvchi so`rovnomasini to`ldirishadi.

Shuningdek, ishtirokchi maktablar rahbarlari va tanlangan sinf rahbarlari ta`lim muassasasidagi ta`lim muhitini o`rganuvchi maktab va o`qituvchi so`rovnomasini, o`quvchilarning ota-onalari yoki vasiylari esa farzandlarining ta`lim olish sharoitlarini o`rganuvchi uy so`rovnomasini to`ldirishadi».

Boshqa yangiliklar