AsosiyJamiyat

Covid-19 sabab yopilgan Toshkentning uch tumanidagi maktablarda 1 apreldan an`anaviy darslar boshlanadi

'Covid-19 sabab yopilgan Toshkentning uch tumanidagi maktablarda 1 apreldan an`anaviy darslar boshlanadi'ning rasmi

Joriy yilning 16 martidan poytaxtning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga o`tkazilishi haqida xabar bergan edik. 

Toshkent shahar Xalq ta`limi bosh boshqarmasi bo`limi boshlig`i Axrorjon Sultonovning ma`lum qilishicha, 1 apreldan poytaxtimizning Yunusobod, Chilonzor hamda Mirzo Ulug`bek tuman xalq ta`limi bo`limlari tasarrufidagi umumta`lim maktablarida an`anaviy dars jarayonlari qayta yo`lga qo`yiladi.

Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida ta`lim muassasalarida karantin va sanitar-gigenik tartib-qoidalariga rioya etish bo`yicha, barcha xalq ta`limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablar antiseptik vositalari, harorat o`lchagichlar bilan ta`minlangan. O`quvchilar tomonidan ishlatilgan tibbiy niqoblar uchun maxsus idish va niqobdan to`g`ri foydalanish bo`yicha maxsus eslatmalar mavjud.  

Agar ota-onalar farzandi salomatligidan xavotir olsalar maktab ma`muriyatiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunda o`quvchilarga ta`limni onlayn davom ettirishga ruxsat beriladi.

Boshqa yangiliklar