AsosiyJinoyat

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta`siriga tushib qolgan 25 yoshli qashqadaryolik qo`lga olindi

'Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta`siriga tushib qolgan 25 yoshli qashqadaryolik qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkiloti ta`siriga tushib qolgan 25 yoshli dehqonobodlik qo`lga olindi. Bu haqda Dehqonobod tumani hokimligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahri aeroportlarida XTB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruvlar davomida «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkiloti ta`siriga tushgan yigit ushlandi.

Ma`lum qilinishicha, Dehqonobod tumanida ro`yxatda turuvchi 1996 yilda tug`ilgan X.R. ismli yigit 18 fevral kuni Novosibirsk—Toshkent yo`nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan. U bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbat davomida Rossiyada ishlashi davomida «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotining ta`siriga tushganligi aniqlangan.

Yigitga tegishli bo`lgan Vertex hamda Redmi rusumli uyali telefon apparatlari tekshirilganda, xotirasida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallarni saqlashi va o`ziga yaqin bo`lgan tanishlariga tarqatganligi aniqlangan. Tekshirib ko`rish maqsadida unga tegishli bo`lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan X.R.ga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi materiallarni O`zbekiston bojxona chegarasidan o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar