AsosiyJinoyat

Farg`onalik firibgar maqsadiga etolmadi

'Farg`onalik firibgar maqsadiga etolmadi'ning rasmi

Qo`qon shahrida tadbirkordan firibgarlik yo`li bilan pul undirmoqchi bo`lgan suv ta`minoti korxonasi xodimi qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`qon shahar bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Farg`ona suv ta`minoti” MChJ Qo`qon shahar bo`limi nazoratchisi K.R. “D.M.” MChJga qarashli turar-joy binosini ichimlik suvi tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, suvdan noqonuniy foydalanganligi bo`yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo`q qilib berish va ichimlik suvi tarmog`iga qayta ulab berishni va`da qilib, 4,1 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar