2021 yil 31 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83050 (+181) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 11 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 18 nafari Toshkent viloyatida,
- 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga etdi.️
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1285 nafar bemordan 191 nafari og`ir, 85 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






