AsosiyJamiyat

Mirzo Ulug`bek tumanida 3ta yangi mahalla tashkil etiladi

'Mirzo Ulug`bek tumanida 3ta yangi mahalla tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining “Mirzo Ulug`bek tumanidagi ayrim mahallalarni bo`lish hisobiga yangi mahalla tashkil etish, nom berish hamda ularning chegaralarini o`zgartirish va belgilash to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, Mirzo Ulug`bek tumani hokimligining “Mirzo Ulug`bek tumanidagi ayrim mahallalarni bo`lish hisobiga yangi mahalla tashkil etish, nom berish hamda ularning chegaralarini o`zgartirish va belgilash to`g`risida”gi takliflari ma`qullanadi.

Xususan, Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Kamolot”, “Olmachi” va “Oqqo`rg`on” mahallalarining bo`linishi hisobiga “Yangi Kamolot”, “Yangi Olmachi” va “Oydin” mahallalari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar