AsosiyJamiyat

Investisiyalar va tashqi savdo vaziriga maslahatchi tayinlandi

'Investisiyalar va tashqi savdo vaziriga maslahatchi tayinlandi'ning rasmi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi – O`zbekiston Respublikasining to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasi rahbari lavozimiga Otabek Nazirov tayinlandi.

Vazirlik axborot xizmati ma`lum qilishicha, ushbu Jamg`arma raqobatbardosh mahalliy kompaniyalarga investisiyalar kiritish, shuningdek, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o`zaro foydali sheriklik munosabatlarini yo`lga qo`yish maqsadida tashkil etilgan.

Otabek Nazirov 2018 yilda innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari lavozimida, keyinchalik Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yilning yanvar oyidan buyon Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.

 

    Boshqa yangiliklar