2021 yilning 25 mart kuni Qorako`l tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi o`tkazgan tezkor tadbiri davomida, Qorako`l tumani Mirob mahallasida yashovchi 1983 yilda tug`ilgan V.P. “Agrobank” Qorako`l filiali boshqaruvchisiga kredit mablag`larini tezroq chiqarib berish evaziga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Bu haqda IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan V.P.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi (pora berish)1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






