O`zbekistonda bugun, 2021 yilning 1 aprelidan boshlab koronavirusga emlash ommaviy emlash jarayonlari boshlandi.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Botir Qurbonovning ma`lum qilishicha, fuqarolardan «agar vaksinasiya qilinmasa, bunga javobarlik bormi?» degan savollar tushmoqda.
" – Vaksinasiya — ixtiyoriy amalga oshiriladi. Vaksina qabul qilish majburiy emas.
Ta`kidlash kerakki, vaksinasiya qilinmaganlik uchun javobgarlik yo`q. Lekin emlanishning qanchalik zarur ekanligini hisobga olib, kasallikka qarshi eng samarali usul — unga qarshi vaksina olish ekanini eslatish o`rinlidir.
O`zbekiston fuqarolariga tavsiya etilayotgan barcha vaksinalar — klinik sinovlar davomida birorta nojo`ya ta`siri aks etmagan vaksinalar hisoblanadi", deydi B. Qurbonov.
Elatib o`tamiz, birinchi navbatda, 65 yoshdan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari o`rtasida emlash tadbirlari o`tkazilmoqda.






