Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo`limi tomonidan “O`zbekinvest” EISK AJning murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.P. jamiyatning Muborak tuman bo`limi anderrayteri vazifasida ishlagan davrida, kompyuterdan foydalangan holda 20 nafar fuqaroga qalbaki sug`urta polislarini berib, guyoki ularning mol-mulkini sug`urta qilib, sug`urta badali sifatida 36,7 mln so`m undirganligi aniqlagan.
Mazkur holat yuzasidan R.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






