Odam savdosidan jabrlangan yoki taxmin qilinayotgan voyaga etmaganlar ham dastlabki identifikasiya qilinadi va qayta yo`naltiriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig`i Narimon Rahimov ishtirokidagi brifingda aytildi.
Identifikasiya qilish jarayonida, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi Qonuniga asosan Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha idoralararo komissiya xabardor qilinadi.
Komissiya vakili mutaxassis bilan hamkorlikda voyaga etmagan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tarjimon, pedagog, psixolog va qonuniy vakilning ishtirokini ta`minlaydi.
Shu bilan birga, voyaga etmagan shaxs to`g`risidagi ma`lumotlarni sir tutilishini hamda ekspluatasiya va zo`ravonlikning barcha shakllaridan himoya qiladi.
Voyaga etmagan shaxslar bilan suhbat bir xil jinsdagi mutaxassis tomonidan o`tkaziladi.
Xorijdagi odam savdosidan jabrlangan yoki taxminan qilingan Voyaga etmagan shaxslar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 yanvardagi 6-son qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib kelinadi.
3 yoshgacha bo`lgan bolalarni vatanga qaytarish masalasi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.