Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qildi.
"O`tgan yili birgina Xirurgiya markaziga murojaat qilgan 900 nafardan ortiq bemorga donorlar yaqin qarindoshi bo`lmagani uchun operasiyani o`tkazish rad etilgan. Shuning uchun ham ko`pchilik fuqarolarimiz xorijda ushbu operasiyani o`tkazishga majbur bo`lyapti.
Oliy Majlis palatalari 1 oy muddatda inson a`zolari transplantasiyasining qonuniy asoslarini yaratishi kerak", ta`kidladi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari order orqali davolanish tizimiga ham e`tibor qaratdi.
"84 ming bemor order orqali davolanishga muhtoj, biroq atigi 51 ming nafari (61 foiz) bepul order bilan ta`minlangan. Bu yil ajratiladigan mablag` 1,5 baravarga ko`paytirilib, qo`shimcha 80 milliard so`m ajratiladi, ya`ni jami 250 milliard so`mga etkaziladi", - dedi davlat rahbari.






