AsosiyJamiyat

Qarshida muhtoj oilalar uchun qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan — Zoyir Mirzaev

'Qarshida muhtoj oilalar uchun qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan — Zoyir Mirzaev'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Balandchayla” MFY hududida sektor rahbarlari, mas`ul idora rahbarlari va tashkilot vakillarining xalq oldidagi hisoboti bo`lib o`tdi. 

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev tumanda qurilishi mo`ljallangan ko`pqavatli arzon uy-joylarni ajratishda birinchi navbatda jamoatchilik vakillari, oqsoqollar bilan maslahatlashib uylarni haqiqiy egasiga berishni, bo`lmasa bu uylarni qanday o`yinlar asosida berilishini, Qarshi shahrida qurilgan uy-joylarni yangi kelganida kimlarga berilgani va yana o`zining tashabbusi bilan haqiqiy egalariga topshirilganini misol tariqasida keltirib o`tdi.

"Qashqadaryoga yangi tayinlangan paytim Qarshi shahrida qurilgan arzon uy-joylarni egalarini surishtirganimda, 92 ta xonadondan 23 tasini hokimiyatni ishchilari olgan bo`lib chiqqan. Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz", - dedi viloyat hokimi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar