AsosiyJamiyat

"Chilonzorda 20 ming ortiqcha vaznli aholi aniqlangan". Prezident tanqid qildi

'"Chilonzorda 20 ming ortiqcha vaznli aholi aniqlangan". Prezident tanqid qildi'ning rasmi

Prezidentimiz raisligida sog`liqni saqlash yo`nalishidagi islohotlarning borishi, bu borada hayotga tatbiq etilgan yangi tizim mazmun-mohiyati, koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq bugungi vaziyat, amalga oshirish zarur bo`lgan chora-tadbirlarga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida ayrim hududlar bo`yicha aholining salomatlik holati haqida ma`lumotlar aytildi.  

Xususan, Boyovut tumanida 31 ming aholi (43 foiz) o`zini sog`lom deb bilsada, ortiqcha vazn, noto`g`ri ovqatlanish, zararli odatlar hisobiga yurak-qon tomir, diabet, o`pka kasalliklariga chalinishga ehtimoli yuqori ekani aniqlangan.

Toshkent shahri Chilonzor tumanida tashkil etilgan 145 ta “Tibbiyot brigadasi” tomonidan 51 ta mahallada 231 ming aholi (tumanda 258 ming aholi istiqomat qiladi) xatlovdan o`tkazilganda 20 ming nafar ortiqcha vaznli aholi aniqlangan. Vaholanki, muqaddam bor-yo`g`i 1 ming 200 nafar ortiqcha vaznli fuqaro ro`yxatda turgan. Tumanda endokrin kasalliklar oldingi 7 mingtadan 13,5 mingtaga oshgan.

    Boshqa yangiliklar