Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning faollari va jurnalistlar tomonidan Toshkent shahrining Amir Temur xiyobonida sodir etilgan tartibsizliklar, fuqaro Miraziz Bozorovning ig`voli chiqishlari hamda unga nisbatan noma`lum shaxslar tomonidan etkazilgan tan jarohatlari oqibatida jinoyat ishi ochilganligi keng muhokamalarga sabab bo`lyapti.
Ushbu “ko`pkari”ga yurtimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy vakillar va jurnalistlar ham qo`shilgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.
"Biz e`tiborni 2021 yilning fevral oyidan buyon O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan akkreditasiyadan o`tib O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Al Jazira” xalqaro OAVsining muxbiri Agnieska Pikulichka (Agnieszka Pikulicka)ga qaratmoqchimiz.

Jurnalist, joriy yilning 29 martdan boshlab M.Bozorov atrofida bo`layotgan voqealarga noxolis yondashib o`zining “Tvitter” ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida aslida ro`y bermayotgan voqealarni yoritib kelmoqda.
Masalan, “Mening yigitimni maxsus xizmatlar so`roq qilishyapti, (u jurnalist emas, faol emas, faqat kecha men bilan bolnisada bo`lgan). Bu noto`g`ri yo`l. Hurmatli maxsus xizmatlar, sizlar odamlarga o`ldirish bilan tahdid qilayotgan, radikallar bilan ishni hal eting” https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376495053904969732
“Maxsus xizmatlar geylarni faol qidirishmoqda. Odamlarni rasmlarini ko`rsatib, ularni geylikda gumonlashyapti. Odamlarga LBGT jamoasi xaqida ma`lumot tarqatishlik haqida bosim o`tkazishyapti. Ertaga boshqalar ham so`roq qilinadi. Bu yangi O`zbekiston”. https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376570739239829515
“Men bilaman, Maxsus xizmatlar mening do`stlarimdan geylar haqida so`rashyapti. Men xorijlik bo`lganim uchun meni so`roqqa chaqirishmadi. Ishoning, bu yalmog`izlarga ov!” https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376578968070057989
“Men, uning (M.Bozorovning) provokasiyalari haqida bilaman. Lekin bu uning oyog`ini sindirishga bahona emas. Uni gapiga biz shubha bilan qaraymiz. Endi, barcha uni bolnisada xabar olgan odamlarni LBGT jamoaga aloqadorligi savol tug`ilmoqda. Mening yigitim sinib qaytib keldi”. https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376644466438721539.
“Mening bir do`stim hozir DXXda, 4 yoki 5 soatdan beri. Boshqasini ertaga chaqirtirishyapti” https://twitter.com/Aga_Pik/status/1376911792220299268 va hokazolar.
Niqoblangan holdagi shaxsiy adovati yoki hissiyotini bayon etayotgan mazkur jurnalist, ma`lumotlarni go`yoki O`zbekistonda ro`y berayotgan “salbiy Axborot” sifatida bir qator xorijiy internet nashrlariga tarqatgan.
Vaholanki, ushbu ma`lumotlar haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi hamda mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi organlarini obro`sizlantirishga qaratilganligining yaqqol misoli.
Muxbir Agnieska Pikulichka o`zi tayyorlayotgan materiallarining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tekshirishi va xolis Axborot taqdim etishi majburiyatini unutib, axborotni buzib talqin etib va soxtalashtirib tarqatgan. Shuningdek ommaviy Axborot vositalari erkinligini suiiste`mol qilgan.
O`zining harakatlari bilan, O`zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida”gi qonuni 6 moddasi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi qonuni 7-moddasi hamda «Ommaviy Axborot vositalari to`g`risida»gi qonuni 6-moddasi talablarini buzgan.
haqiqatga to`g`ri kelmaydigan axborotni tarqatib, fuqarolarimizning ongini chalg`itish, davlat organlari faoliyatiga nisbatan ishonchsizlik uyg`otish hamda xorijiy ommaviy Axborot vositalariga noxolis ma`lumotlar etkazib, yurtimiz haqida salbiy fikr shakllanishiga sababchi bo`lishdan bu ayolga nima naf?
Bu masalaga biz yana qaytamiz", deyila rasmiy munosabatda.






