AsosiyJinoyat

Qo`qonda o`z xonadonida fohishaxona ochgan uch ayol qo`lga olindi

'Qo`qonda o`z xonadonida fohishaxona ochgan uch ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 30 mart kuni Farg`ona viloyatida olingan xabarga ko`ra Milliy gvardiya va Qo`qon shahar IIB hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar berdi Milliy gvardiya Axborot xizmati. 
Mazkur tadbir davomida maxsus xaridor sifatida jalb etilgan fuqaro B.Yu. ishtirokida Qo`qon shahrida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan fuqaro V.Sh., 1993 yilda tug`ilgan fuqaro V.M. va 2000 yilda tug`ilgan fuqaro M.A. lar o`zlari yashab kelayotgan xonadonlarida 400,000 (to`rt yuz ming) so`m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan Qo`qon shahar IIB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar