AsosiyJamiyat

Tabiiy gaz uchun asossiz qarzlar qaerdan paydo bo`layotgani yuzasidan izoh berildi

'Tabiiy gaz uchun asossiz qarzlar qaerdan paydo bo`layotgani yuzasidan izoh berildi'ning rasmi

2021 yilning 30 mart  kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidagi xonadonlar tabiiy gaz ta`minotidan uzilib qo`yilganligi va qayta ulanishda yuzaga kelayotgan muammolar tufayli “Qibraytumangaz” ta`minoti korxonasida ko`plab aholi navbatda turib muammosi hal bo`lmayotganligi keskin muhokamalarga sabab bo`ldi.

Tuman gaz ta`minoti korxonasi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 25-30 mart kunlari holatiga 3 269 nafar abonentda iste`mol qilingan gaz uchun qariyb 5,8 mlrd so`m qarzdorlik bo`lganligi uchun avtomatik ravishda gaz ta`minotidan uzilgan.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o`z vakolati doirasida iste`molchilarning (nomuayyan doirasi) huquqlarini himoya qilish maqsadida, Qibray tumanidagi vaziyatni joyiga chiqqan holda o`rgandi.  

Agentlik axborot xizmati xabar berishicha, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 30 mart holatiga gaz tarmog`idan o`chirilgan 1 463 nafar tabiiy gaz iste`molchilari tomonidan to`lov amalga oshirilgandan so`ng gaz ta`minoti joyida qayta tiklanishiga erishildi.

Agentlikka joriy yilning o`tgan davrida gaz ta`minoti masalasida kelib tushgan 921 ta murojaatlarning 312 tasi murojaat tabiiy gazdan bo`lgan asossiz qarzdorlik bilan bog`liq masalalarga to`g`ri keladi.

Aslida asossiz qarzlar qaerdan paydo bo`layapti?

Mazkur holatlar Agentlik mutaxassislari tomonidan o`rganilganda, iste`molchilarda yuzaga kelayotgan asossiz qarzdorliklarning kelib chiqishiga asosiy sabab, hisoblagichlarni echib olish jarayonida ta`minotchi korxonalar tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilmayotganligi va keyinchalik ushbu abonentlarning ta`minotchi korxonada shakllantirilgan elektron hisob varaqlari (“Billing” tizimi)dagi ko`rsatkichlari bilan hisoblagichni echib olingan kundagi amaldagi (haqiqatda) ko`rsatkichlari o`rtasidagi farqlarning mavjudligi sababli yuzaga kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar