Viloyat IIB boshlig`i nomiga 27 yoshli Xasanboy Q., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyining boshlarida o`zini “Namangan Davlat universiteti” talabasi deb tanishtirgan “Yulduz” ismli shaxs bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog`i orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashib, so`ng unga o`zini “Oydina” deb tanishtirgan shaxs “Yulduz” bilan o`rtasidagi yozishmalarni internet tarmog`iga chiqarganini ma`lum qilgan. U oila-a`zolariga ma`lum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSh dollar berishni talab qilib, ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar ko`chasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Xasanboy Q.,dan 1 000 AQSh dollarni olgan S.A., ismli fuqaro “Yulduz” ismli shaxsning yaqin dugonasi ekanligini, uning iltimosiga binoan ushbu pullarni olganligi ma`lum bo`lib, 21 yoshli Yulduzxon A., tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan 1 000 AQSh dollar pullarni S.A.,dan olgan vaqtida ushlanib, “Oydina” va “Yulduz” ham uning o`zi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Yulduz A.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.






