1

Nukus shahrida fuqaro o`zini to`qqizinchi qavatdan tashlamoqchi bo`ldi

Jamiyat 02.04.2021, 11:24
Nukus shahrida fuqaro o`zini to`qqizinchi qavatdan tashlamoqchi bo`ldi

Nukus shahridagi ko`p qavatli uylardan birining tomidan o`zini tashlamoqchi bo`lgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ichki ishlar bo`limiga to`qqiz qavatli uyning tomidan o`zini tashlash bilan tahdid qilayotgan kishi haqida xabar kelib tushadi. Ushbu xabardan so`ng, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni ikkinchi otryad avtopatrul xodimlari safdor Sharapat Tolegenov va Rustem Qannazarov voqea joyiga tezda etib boradi.
Haqiqatdan ham xodimlar shu manzilda bir oyog`ini tom devoridan osiltirgan holda o`tirib, o`zini tashlashga shay turgan kishini ko`radi. Bu orada Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham kelib, xavfsizlik choralarini ko`rishni boshlaydi.
Vaziyatni to`g`ri baholagan xodim R.Qannazarov o`zini tomdan tashlamoqchi bo`lgan fuqaroni gapga solib chalg`itadi. Ikkinchi xodim Sh.Tolegenov esa chaqqonlik bilan tepaga chiqib, uni ushlab qolishga muvaffaq bo`ladi va pastga olib tushadi.
Aniqlanishicha, o`z joniga qasd qilgan fuqaro mazkur ko`p qavatli uyda yashovchi, ilgari sudlangan, mast holatdagi T.T. bo`lgan. Olib borilgan profilaktik suhbatda yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilikni shu yo`l bilan hal etmoqchi bo`lganini ham ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1