1

“Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga berilayotgan turar joylarning hammasi ham talab darajasida emas – Bola huquqlari bo`yicha vakil

Jamiyat 02.04.2021, 12:41
“Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga berilayotgan turar joylarning hammasi ham talab darajasida emas – Bola huquqlari bo`yicha vakil

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati xabar berishicha, bola huquqlari bo`yicha vakil Aliya Yunusova 2020 yilda uning boshchiligida olib borilgan monitoring tashriflari hamda bola huquqlari bo`yicha yuborilgan murojaatlar tahlili “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini turar joy bilan ta`minlanishi borasida kamchiliklar borligini qayd etdi.

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga 610 nafari turar joy bilan ta`minlangan, 578 nafar esa bugungi kunda ham turar joyga muxtoj bo`lib turibdi.

Bundan tashqari, 2020 yil davomida, etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar hamda “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari tomonidan Bola huquqlari bo`yicha vakil nomiga turar-joy berilmaganligi yoki berilgan turar joylar uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi borasida 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan.

Qonun hujjatlarida belgilangan normalarga asosan berilayotgan turar joy bo`sh, alohida, qulay va shinam bo`lishi, belgilangan sanitariya va texnik me`yorlarga, qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob berishi lozimligi ham belgilangan, biroq ko`p holatlarda ushbu norma talablari buzulishi kuzatilmoqda.

Achinarlisi, har bir kelib tushgan murojaat yuzasidan muallif istiqomat qiluvchi tuman (shahar) hokimi bilan o`tkazilgan suhbatda turar joy bilan ta`minlash uchun mablag`lar yo`qligi (etishmasligi)ni vaj qilib keltirmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1