1

Dam olish kunlari O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi

Jamiyat 02.04.2021, 13:33
Dam olish kunlari O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum qilindi

Sinoptiklarni xabar berishicha, bugun O`zbekistonning aksariyat hududlarida kechasi havoda va tuproqda 1-2° gacha bo`lgan sovuq kuzatildi, bunday sovuq bo`lishiga G`arbiy Sibirning janubiy hududlaridan kirib kelgan sovuq antisiklon sabab bo`lgan. Ushbu antisiklonni kunduzi sharqga qarab siljishi va Eron hududidan iliq havo kirib kelishi boshlanishi natijasida havo 12-17° daraja iliq bo`lishi aytilmoqda. 

Ertaga iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0-5° iliqni tashkil etadi, kunduzi harorat 19-22° iliq bo`ladi. Bu aprel oyi boshidagi o`rtacha ko`p yillik qiymatlaridan 2-3° yuqoridir. Respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Yakshanba kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8-13o iliqni tashkil etadi, kunduzi 11-16° iliqdan yuqori bo`lmaydi. Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun bo`lib o`tadi. 

Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysida kechasi va kunduzi 5 aprelda yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 4-5 aprelda yomg`ir yog`ishi kuchli bo`ladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin.
2-4 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqori tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.
 

4-7 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 4 aprelda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 5-7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 5 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 6 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 7 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 4 aprelda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 5-7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq;  5-6 aprelda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 7 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

TOShKENT VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 4 aprelda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 5 aprelda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 6-7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 11-16° iliq; 5 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 6 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 7 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 4 aprelda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 5-7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 11-16° iliq;  5 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 6 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 7 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 4 aprelda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 5-7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 5-6 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 7 aprelda kechasi 
5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 4 aprelda kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 5 aprelda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 6-7 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 aprelda kechasi 
4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 5 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 6 aprelda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 7 aprelda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, 4-5 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 aprelda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 
4-5 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 6-7 aprelda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1