1

Qibrayda niqobli odamlar xonadon egasini pichoq va elektr shokkerli to`pponchalar bilan qo`rqitishdi

Jamiyat 02.04.2021, 15:21
Qibrayda niqobli odamlar xonadon egasini pichoq va elektr shokkerli to`pponchalar bilan qo`rqitishdi

2021  yil 24 fevral kuni soat taxminan 02:40 larda Qibray tumani, Oqqovoq mahallasi, Botanika ko`chasi 18/1-uyda yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan M.P. ning uyiga 2 nafar niqobli odamlar devor osha bostirib kirishgan. Qo`llarida bo`lgan pichoq va elektr shokkerli to`pponchalar bilan, M.P. va turmush o`rtog`i shu manzilda birga yashovchi 1986 yilda tug`ilgan uy bekasi, M.P.ni qo`rqitib, M.P.ni bosh qismlariga pichoqning sop qismi va qo`llari bilan tan jaroxati ekazadi. Bu haqda darakchi.uz ga Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi Rufat Ro`ziboev xabar qildi

Bosmachilar pul talab qilgan vaqtida, uy egasi M.P tomonidan qarshilik ko`rsatilganligi sababli uyda bo`lgan 1 dona “REDMI Note-9s” rusumli uyali aloqa telefonni olib voqea joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent viloyat IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan, O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov va tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatni fosh etish borasida olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida jinoyatchilarning taxminiy fotoroboti tuzildi.

 Ushbu bosqinchilik jinoyatini1999 yilda Bo`stonliq tumanida tug`ilgan, D.R., O`z.Res. fuqarosi, bo`ydoq, millati o`zbek, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlanmagan, 2021 yil 27 mart kuni yashash manzilida qo`lga olindi. Jinoiy sherigi 2000 yilda Bo`stonliq tumanida tug`ilgan, O`z.Res. fuqarosi, oilali, millati o`zbek, muqaddam sudlanmagan, M.M. ham qo`lga olinib tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha ayblanuvchilar M.M. va D.R.ga nisbatan “qamoq” extiyot chorasi qo`llanilgan xozirda tergovni Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1