1

Navoiyda suv quvurlarini arzon baholarda sotib, talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar aniqlandi

Jamiyat 02.04.2021, 15:48
Teglar: Navoiy
Navoiyda suv quvurlarini arzon baholarda sotib, talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar aniqlandi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.” AJ (davlat ulushi 30,8%) mansabdor shaxslari byudjet oldidagi juda ko`p miqdordagi soliq qarzini to`lamaslik maqsadida, jamiyat ta`sischiligi ostida “E.S.” MChJni tashkil qilib, shu orqali barcha moliyaviy operasiyalarni amalga oshirib kelganligi, shuningdek jamiyatga tegishli 7100 metr quvur liniyasini arzon narxlarda baholatib, sotib yuborishi natijasida davlat manfaatlariga 285,5 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Navoiydagi konda yuz bergan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi

28.11.2022, 14:01

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o`lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa yuz berdi. Hodisa bo`yicha "Navoiy kon metallurgiya kombinati" matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26...
Navoiyda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ`ibot ishlari olib borilmoqda

19.07.2022, 11:56

Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan joylarda hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Jumladan,...
Navoiy va Bobur haqida filmlar namoyishi tashkil etiladi

08.02.2022, 14:57

Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning...
Navoiyda 2 mlrd 575 mln so`m evaziga bog`cha rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi

13.01.2022, 08:45

Nurota tumani G`afur G`ulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.Maktabgacha ta`lim vazirligi bu bo`yicha ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, mazkur 150 o`rinli MTTga Investisiya dasturi asosida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1