Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Guliston tuman sudi raisi M.Safarov ma`lum qildi.
Xususan, sardobalik “L” ismli shaxsning 2020 yil, may oyida tug`ilgan chaqalog`ini 18000 (o`n sakkiz ming) AQSh dollariga sotayotgan vaqtda viloyat IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi tomonidan qo`lga olingan. Albatta, bu holat bir kunda sodir bo`lgani bilan tayyorgarlik ko`rilgani aniq. Savdolashishda “L” ning yonida turgan va “xaridor” topib berganlar ham tegishli joyda so`roq berishgani aniq.
2020 yilning 3 iyun kuni esa Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro, 22 yoshli N.Yo. 11 may kuni tug`ilgan 23 kunlik farzandini Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.ga 3 000 000 so`mga sotishga kelishgan. O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko`ra, N.Yo. chaqalog`ini sotib, kelishilgan pulni Navoiy shahridagi “Navoiy” jome masjidi yonida olgan vaqtida o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Farg`ona viloyatida 2020 yilning 1 sentyabr kuni IIB va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbir davomida 24 yoshli G.S., (ayol) voyaga etmagan 1 yoshli farzandi Sh.T., ni 1500 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu summadan 500 AQSh dollarini olayotgan 2017–2020 yillar o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chaqaloq savdosi bilan bog`liq 185 ta jinoyat aniqlangan.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilda 69 ta, 2018 yilda 46 ta, 2019 yil 41 ta, 2020 yilning 11 oyida 34 ta ana shunday jinoyatlar aniqlangan. Mazkur holatlar bo`yicha jinoyat ishlari qo`zg`atilib, ayblov xulosasi bilan tegishli tartibda sudga oshirilgan. Bu jarayonda chaqaloqni sotganlarga ham, ularni sotib olganlarga ham, shuningdek, o`rtada vositachilik qilganlarga ham qonuniy choralar ko`rilgan.






