Samarqand viloyati bo`ylab yo`l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati ma`lum qildi.
Bugun 18:00 ga qadar viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan 409 ta qo`pol qoidabuzarlik sodir etib yurgan haydovchilar aniqlandi.
25 ta holatda haydovchilar transport vositasini mast holda boshqargan bo`lsa, 73 ta haydovchi tegishli hujjatlarsiz rul boshqaruviga o`tirgan.
Reyd tadbirlari davom etmoqda.






