AsosiyJamiyat

Yashnobod tumanidagi ichki yo`llarni qurilishi va ta`mirlanishi uchun ajratilgan mablag`lar talon-toroj qilingan

'Yashnobod tumanidagi ichki yo`llarni qurilishi va ta`mirlanishi uchun ajratilgan mablag`lar talon-toroj qilingan'ning rasmi

Yashnobod tumanidagi ichki yo`llarni qurilishi va ta`mirlanishidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lumot berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, buyurtmachi Yashnobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi, bosh pudratchi “T.Y.” va yordamchi pudratchi “T.O.” MChJ mansabdor shaxslari tumandagi 6 ta ichki yo`llarni ta`mirlash ishlari bo`yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritib, amalda 278 mln so`mlik yo`l qurilish va ta`mirlash ishlarini bajarmasdan byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar